11:38 (27.03.2023)

3168

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.S. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab “Goʼzal” MFY hududida fuqaro M.А.ga 9 200 dona “SEFZOS” nomli dori vositasini jami 99,3 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “D.P.” MChJga qarashli dorixona rahbari O.S. va fuqaro J.I. 2 nafar fuqaroga 20 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 800 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 160 dona “Zardeks” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech