09:02 (15.08.2023)

2496

Tibbiyot "million dollarlik qimmat dorilar davri"ga kirdi-WSJ

Dunyoda narxi millionlab dollarlarni tashkil etuvchi qimmat dori-darmonlar davri boshlanmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. AQSh va Yevropa regulyatorlari noyob genetik kasalliklarni bir kursda davolaydigan va kamida 2 million dollar turadigan toʼrtta yangi dorini tasdiqladi.

Misol uchun, CSL kompaniyasining gemofiliya B kasalligini davolashga moʼljallangan Hemgenix dori vositasining narxi rekord darajada- 3,5 mln. dollarni tashkil etdi.

Bluebird kompaniyasining bolalarda kam uchraydigan nevrologik kasalliklarni davolash uchun ixtiro qilingan Skysona dorisi 3 mln. dollar turadi. Aynan shu kompaniyaning irsiy qon kasalliklarini davolovchi Zynteglo dorisi 2,8 mln. dollar turadi.

McKinsey konsalting kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, tibbiyot bozorida bunday dorilar soni oʼsishda davom etadi va 2024 yilga kelib 30 ga yaqin yangi gen terapiya usullari joriy etilishi mumkin.

"Bu moslashuvchan boʼlmagan sugʼurta tizimiga yoʼnaltirilgan innovatsion yuk poezdi" - deydi Bostonda joylashgan Klinik va iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari Stiven Pirson.- "Toʼlovchilar "yoʼq" deyish mumkin emas, chunki bemorlarda boshqa tanlov boʼlmaydi", deya qoʼshimcha qildi u.

“Millionli dori vositalari” roʼyxatidagi dori vositalarining aksariyati gen terapiyasi uchun moʼljallangan boʼlib, ishlab chiqaruvchilar bunday davolanish orqali bemorlar irsiy kasalliklardan butunlay forigʼ boʼlishi yoki uzoq yillar bu kasallik haqida unutishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Ilgari dunyodagi eng qimmat dori Shveytsariyaning Novartis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Zolgensma dori vositasi hisoblangan. Bu dorining bitta inʼektsiyasi boladagi orqa miya mushaklari atrofiyasini davolash uchun yetarli. Narxi 2,1 mln. dollar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech