12:53 (23.09.2024)
792
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida yashirin sexda dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarini yozuvi, qadog‘i va yorliqlarini o‘zgartirish hamda ampulalarni bo‘yoq bilan bo‘yash orqali dorixonalarda qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar tayyorlangan.
Mazkur dori vositalari kompleks ekspertiza xulosalariga ko‘ra dori vositalari qalbakilashtirilganligi hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanidagi xonadonlardan olingan dorilarning qiymati 89 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsada, ularni qalbakalashtirish orqali savdoga chiqarilganida 625 mln. so‘mga sotilishi mumkin edi. Bu esa fuqarolarning sog‘ligiga jiddiy xavf solish bilan birga moddiy xarajatlarini oshirilishiga va bemorlarning shifo topmasliklariga sabab bo‘lar edi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.