11:57 (18.09.2024)

612

FDA ekzemani davolash uchun Eli Lilly preparatini ma’qulladi

AQSH oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda ekzema (atopik dermatit) ni davolash uchun ishlab chiqilgan Ebglyss preparatini ma’qulladi.

Eli Lilly kompaniyasi inyeksiya vositasi yaqin bir necha hafta ichida sotuvga chiqishini ma’lum qildi.

Dori vositasini tasdiqlanishi uchta klinik tadqiqot natijalariga asoslangan. Ularda mahalliy dori vositalari yoki boshqa tizimli davolash usullari yordamida simptomlarni nazorat qila olmagan o‘rta va og‘ir darajadagi ekzema bilan kasallangan 1000 dan ortiq bemorlar ishtirok etdi.

Ebglyss preparati ekzema kuchayib ketishiga sabab bo‘luvchi IL-13 oqsilini bloklaydi. Dori vositasining afzalliklaridan biri — dozalash tartibi — uni oyiga bir marta qabul qilish yetarli, bu esa bemorlarga dori analoglariga qaraganda ko‘proq ma’qul bo‘lishi mumkin. Masalan, Sanofi va Regeneron kompaniyalarining Dupixent ekzemaga qarshi preparati bir oyda ikki marta inyeksiya qilishni talab qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech