09:02 (20.09.2023)
1928
Agentlik allaqachon sakkizta kompaniyaga samaradorligi isbotlanmagan oftalmik dori-darmonlarni sotish boʼyicha ogohlantirishlar yuborgan. Bularga CVS Health va Walgreens Boots Alliance yirik dorixona tarmoqlari kiradi.
FDA tasdiqlanmagan oftalmik dorilarni ishlab chiqarish va sotish boʼyicha AQShning bir qator kompaniyalariga ogohlantirish xatlarini yubordi. Regulyatorlarning fikriga koʼra, ular bemorlarga xavf tugʼdiradi.
Quyidagi kompaniyalar FDA dan xat oldi: Boiron Inc, CVS Health, DR Vitamin Solutions, Natural Ophthalmics, Inc., OcluMed LLC, Similasan AG/Similasan USA, TRP Company, Inc, Walgreens Boots Alliance, Inc.
Agentlikning taʼkidlashicha, xatlarda koʼrsatilgan mahsulotlar konʼyunktivit, glaukoma va kataraktani davolash uchun noqonuniy ravishda tarqatilmoqda.
Regulyatorning taʼkidlashicha, huquqbuzar kompaniyalar tomonidan sotiladigan mahsulotlar "umuman olganda xavfsiz va samarali" deb tan olinmaydi.
FDA maʼlumotlariga koʼra, cakkizta kompaniyaning baʼzilarida mahsulot sterilligi bilan bogʼliq muammolar ham bor.
Agar agentlik roʼyxatidagi dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin noxush hodisalar yuzaga kelsa, isteʼmolchilar bu haqda FDA ning MedWatch dasturiga xabar berishlari kerak.