09:10 (11.04.2023)

2595

Gruziyada dori-darmon narxlari chegarasi joriy etildi

Gruziya Sogʼliqni saqlash vazirligi farmatsevtika kompaniyalariga dori-darmonlarning cheklangan narxlarini belgiladi, undan yuqori narxlarda sotish taqiqlanadi.

Аgentlik maʼlumotlariga koʼra, ulgurji va chakana savdo tarmoqlariga dori vositalarining amaldagi narxlarini qayta koʼrib chiqish va ularni yangi qoidalarga muvofiqlashtirish uchun 31 yanvarga qadar muddat berildi. 15 fevraldan dori vositalarini belgilangan narxlarda sotish boshlandi. Dori vositalari roʼyxati va ularning cheklangan narxlari Sogʼliqni saqlash vazirligi rahbarining alohida buyrugʼi bilan tasdiqlandi.

Birinchi bosqichda surunkali kasalliklarni davolash uchun zarur boʼlgan dori vositalariga (1 mingdan ortiq nomdagi) mos narxlar joriy etilgan boʼlsa, keyinchalik bu chora boshqa guruhdagi dori vositalariga ham tatbiq etildi. Rasmiylar narxlarning yuqori chegarasini joriy etish dori-darmonlar narxini oʼrtacha 40 foizga kamaytirishiga umid qilmoqda.

Ushbu islohotdan koʼzlangan maqsad sifatli dori vositalarining mavjudligini oshirish, adolatli narxlarni, raqobatbardosh va shaffof farmatsevtika bozorini taʼminlashdan iborat.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech