13:27 (03.05.2023)

2439

"Gvayfenazin” siropi yurtimizda davlat roʼyxatidan oʼtkazilmagan

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Hindistonning “QP PHARMACHEM LTD” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Gvayfenazin” siropining sifatsiz seriyasi boʼyicha ogohlantirish eʼlon qilgan edi.

Maʼlumot uchun, “Gvayfenazin” preparati balgʼam koʼchiruvchi vosita boʼlib, uning nafas yoʼllaridan chiqarib yuborilishini yengillashtirish va yoʼtalni kamaytirish uchun qoʼllaniladi.

Sogʼliqni saqlash vazirligi huzridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” JSSTning 4/2023-sonli xabarnomasida eʼlon qilingan mazkur “Gvayfenazin” siropi (GUAIFENESIN SYRUP TG SYRUP) va uni ishlab chiqaruvchi “QP PHARMACHEM LTD” kompaniyasining boshqa dori preparatlari Oʼzbekiston Respublikasida davlat roʼyxatidan oʼtkazilmaganligini hamda yurtdoshlarimiz bu borada xavotirga tushmasliklarini bildiradi.

Hozirgi kunda dunyoda sirop bilan bogʼliq dietilenglikol va etilenglikol kontaminatsiyasi holatida yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan dori preparatlarining sifat nazorati yanada kuchaytirilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech