11:50 (26.09.2023)
1103
Joriy yilning 1-avgustidan 24-sentyabr kuniga qadar respublikaning barcha hududlarida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan ish vaqti meʼyorlariga Ish beruvchilar tomonidan rioya etilishi monitoring qilindi.
Monitoring davlat organlarining 519 ta hududiy boshqarmasida oʻtkazilgan. Shundan, 105 tasida 363 nafar xodim dam olish kunlari va ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishga jalb etilganligi aniqlangan.
Jumladan, 169 nafar xodim dam olish kunlari, 194 nafari esa ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishga jalb etilgan.
Monitoring natijasi boʻyicha 105 ta davlat organi rahbariga ish vaqti meʼyorlariga amal qilish lozimligi va ushbu talablarga rioya etmaslik Ish beruvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanilishiga sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berilgan. Aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan 44,4 mln. soʻm maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Jarayon davom etmoqda.