12:01 (08.08.2023)
1945
Davlat xizmatida band boʼlgan fuqarolarning ish vaqtiga qanchalik rioya etilishi tahlil qilindi.
Oʼtkazilgan tadqiqotga koʼra, soʼrovda qatnashgan 560 nafar davlat xizmatchilarining yarmidan koʼpi, yaʼni 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishga jalb etiladi.
Jumladan:
➖ 36,8 % har kuni qoʼshimcha 1-2 soat;
➖ 13,9 % har kuni kechki soat 22-00 ga qadar;
➖ 6,4 % kechki soat 24-00 ga qadar ishlashini bildirdilar.
Soʼrovda ishtirok etgan davlat xizmatchilarining:
➖ 41,3 % bir xaftada 4 soatgacha;
➖ 11,4 % 5-7 soat
➖ 15,8 % 8 soatdan koʼp vaqtini majlis va yigʼilishlarga sarflaydi.
Tadqiqotga koʼra, ortiqcha “majlisbozlik” Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi.