08:45 (23.08.2023)

1995

Tadqiqot: AQSHda yoshlar orasida oshqozon-ichak saratoni bilan kasallanish koʻpaymoqda

2010 va 2019-yillar oraligʻida Qoʻshma Shtatlarda saraton tashxisi darajasi 100 000 kishiga 100 dan 103 gacha koʻtarildi, eng muhim oʻzgarishlar 30 yoshdan 39 yoshgacha boʻlgan odamlar guruhida kuzatildi.

Tadqiqot natijalari AMA Network Open jurnalida chop etilgan. Tadqiqot  mualliflari toʻqqiz yil davomida saraton kasalligiga chalingan 50 yoshgacha boʻlgan 560 mingdan ortiq odamning maʼlumotlarini oʻrganishdi.

Tadqiqotga koʻra, koʻkrak bezi saratoni 50 yoshgacha boʻlgan odamlarda saratonning keng tarqalgan turi boʻlib qolmoqda. Shuningdek, oshqozon-ichak trakti saratonining turlari orasida eng sezilarli oʻsish kuzatilgan. Oshqozon-ichak saratoni, jumladan, yoʻgʻon ichak saratoni, appendiks saratoni va boshqa turlari bilan kasallanganlar soni 15 foizga oshdi.

Bundan tashqari, 2010-2019-yillarda onkologik kasalliklar ayollarda koʻproq aniqlangani, erkaklar oʻrtasida kasallanish 5 foizga kamaygani maʼlum boʻldi. Maʼlumotlarni irqi va etnik kelib chiqishi boʻyicha tahlil qilgan tadqiqotchilar Osiyo, Tinch okeani, ispan, amerikalik hindlar yoki Alyaskaning tubjoy aholisi orasida saraton kasalligi koʻpayib borayotganini aniqladilar. 

Yoshlar oʻrtasida saraton kasalligining koʻpayishi sabablari noaniq, ammo mumkin boʻlgan shartlar - semirish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, chekish, uyquning yetishmasligi yoki sifati yomonligi, harakatsiz turmush tarzi, atrof-muhitning kanserogenlar bilan ifloslanishi. 

Loyiha bilan tanishgan onkolog Pol Obershteyn  "Agar biz bu xavfga nima sabab boʻlayotganini tushunmasak va uni oʻzgartirish uchun biror narsa qila olmasak, vaqt oʻtishi bilan bu tobora jiddiy muammoga aylanishidan qoʻrqaman", -dediThe Washington Post nashriga bergan intervyusida. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech