13:11 (03.08.2023)

13889

Qizilmiya ildizi siropi: yo`talni davolashda qanday qo`llaniladi

Qizilmiya - kimyoviy tarkibi boy bo'lgan mashhur dorivor o'simlik. U ko'plab kasalliklar, jumladan, nafas olish tizimini davolash uchun ishlatiladi.

Qizilmiya asosidagi preparatlar o'simlikdan qilinganligi sababli, ularning nojo`ya ta'sirlari kam bo`ladi va kattalarda ham, bolalarda ham qo'llanilishi mumkin.

Qizilmiya ildizlarining tarkibida bo'lgan glitsirizin kislotasi viruslarga qarshi kurashadi, to'qimalarning yangilanishini yaxshilaydi va og'riqni qoldirishga yordam beradi. Qizilmiya ildizi siropi kimga ko'rsatiladi va qanday ishlatiladi? Qizilmiya ildizi siropi mashhur yo'talni bostiruvchi vositadir. Siropning o'zi jigarrang rangga va shirin ta'mga ega quyuq suyuqlik shaklida bo`ladi.

Ushbu preparat balg`am ko`chiruvchi ta'sirga ega. Shuning uchun u bronxlarning o'tkir va surunkali yallig'lanishi, traxeit, pnevmoniya, bronxoektatik kasalliklarida qo`llanilishi mumkin. Uni qo'llash uchun asosiy ko'rsatma - ajralishi qiyin bo'lgan quyuq va yopishqoq balg'am.

Bu sirop qanday qo`llaniladi?

Kattalarga kuniga uch marta yarim stakan suvda bir kichik qoshiq preparat aralashtirib ichish tavsiya etiladi. Ikki yoshgacha bo'lgan bolalarga suvga, ular nechchi yoshda bo'lsa, shuncha tomchi (bir yoki ikki tomchi) aralashtirib beriladi. Ikki yoshdan o'n ikki yoshgacha bo`lgan bolalarga yarim choy qoshiq to'rtdan bir stakan suvda suyultirib beriladi.

Ushbu preparat uning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik mavjud bemorlarga taqiqlanadi. Bundan tashqari, oshqozonning yallig'lanishi va oshqozon yarasidan aziyat chekayotkanlar ham ichmasligi kerak. Homiladorlik davrida siropni ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor bilan oldindan maslahatlashganidan so`ng qo'llash kerak. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga ham berish tavsiya qilinmaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech