12:01 (19.09.2023)
2571
Farmatsevtika giganti rebrendingni boshladi: u 136 yoshli kursiv logotipdan voz kechib, Janssen farmkompaniyasi nomini o‘zgartirmoqda.
Medical Design & Outsourcing kompaniyasi bosh direktori Hoakin Duatoning LinkedIn postiga tayangan holda xabar berishicha, kompaniya hammuassisi Jeyms Vud Jonson imzosi asosidagi 136 yillik logotipini “zamonaviyroq logotip va yorqinroq qizil rangga almashtirda va shu bilan birga, ramziy ampersandini (&) saqlab qoldi".
Kompaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, ushbu oʻzgarish Johnson & Johnson kompaniyasining innovatsion dori vositalari va tibbiy texnologiyalarga eʼtibor qaratayotganini ta`kidlash uchun qaratilgan.
Shu bilan birga, Janssen nomli Johnson & Johnsonga qarashli farmatsevtika kompaniyasi bundan buyon Johnson & Johnson Innovatsion Medicine sifatida ishlaydi.
“Bitta ramziy nomning kuchi juda katta. Butun dunyo bo'ylab bemorlar, shifokorlar, hamshiralar va investorlar Johnson & Johnson kompaniyasini sog'liqni saqlash sohasidagi eng murakkab muammolarga yechim topish qobiliyati uchun tan olishgan. Bizning hayot haqidagi fanlar va tibbiy texnologiyalarga bo‘lgan eksklyuziv e’tiborimiz bizga sog‘liqni saqlashning butun spektri bo‘ylab, hujayra terapiyasidan tortib, sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlaydigan robotli jarrohlikgacha hech qanday kompaniya qila olmaydigan tarzda innovatsiyalar kiritish imkonini beradi”, dedi Duato.
Qadimgi Johnson & Johnson logotipi 1887 yilda paydo bo`lgan bo`lib, tarixdagi eng qadimgi korporativ logotiplardan biri deb hisoblanadi.