15:07 (05.07.2023)

2400

JSST: Toza ichimlik suvi taqchilligi yiliga 1,4 million kishining oʼlimiga sabab boʼlmoqda

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga koʼra, Yer yuzi aholisining yarmi hanuzgacha toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiena vositalaridan yetarli darajada foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Bu muammo yiliga kamida 1,4 million kishining oʼlimiga sabab boʼlmoqda. Xususan, xuddi shu omil tufayli kelib chiqqan diareya xastaliklari tufayli 2019 yilda 1 milliondan ortiq kishi hayotdan koʼz yumgan.

Ikkinchi oʼrinni shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqqan oʼtkir respirator infektsiyalar egallaydi. Bu esa oʼsha yili 356 ming kishining oʼlimiga sabab boʼlgan.

Shuningdek, baʼzi mintaqalarda ichimlik suvi, sanitariya va gigiena vositalari taqchilligi besh yoshgacha boʼlgan 395 ming nafar oʼgʼil-qizning vafotiga olib keldi.

Tahlillarga koʼra, qayd etilgan oʼlim holatlarining toʼrtdan uch qismi Аfrika va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari hissasiga toʼgʼri keladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech