08:55 (22.10.2024)

470

Dorilarni noto`g‘ri utilizatsiya qilish qanday oqibatlarga olib keladi?

Muddati o‘tgan dori vositalarini utilizatsiya qilish muammosi anchadan buyon o‘z yechimini topa olmayapti. Aksariyat odamlar muddati o‘tgan dori-darmonlarni o‘zlariga qanday zarar yetkazishi haqida o‘ylamasdan chiqindiga tashlab yuborishadi.

Muddati o‘tgan dorilarni dorixonalar orqali utilizatsiya qilish mumkin, bu aksariyat mamlakatlarda allaqachon amalga oshirilmoqda. Ammo farmatsevtlarning 80 foizi bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor emas, deydi "Farma RF" hamjamiyati o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib.

Dorilarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilishning eng jiddiy oqibatlaridan biri suv resurslarining ifloslanishidir. Chiqindiga tashlangan dori-darmonlar tuproq va kanalizatsiya tizimiga tushadi. Ammo tozalash inshootlari suvdan farmatsevtik moddalarni chiqarib tashlashga mo‘ljallanmagan. Natijada ular daryolarga, ko‘llarga, undan keyin esa ichimlik suviga tushadi. Kimyoviy moddalar tuproq va o‘simliklarda to‘planib, oziqlanish zanjiriga kiradi. Ifloslangan tuproq o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarar yetkazadi.

Dorilarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilishning xavfli oqibatlaridan yana biri — antibiotiklarga chidamlilikdir. Atrof-muhitga tushgan antibiotiklar bakteriyalarning chidamli shtammlarining rivojlanishiga yordam beradi. JSST tomonidan antibiotiklarga chidamlilik muammosi sog‘liq uchun global tahdidlardan biri sifatida tan olingan.

Homiladorlikka qarshi vositalar va steroidlar kabi gormonlarni o‘z ichiga olgan dorilar ichimlik suviga tushsa, odamlarda endokrin tizimining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ayrim davlatlarda allaqochon, aholidan dori-darmonlarni yig‘ish va utilizatsiya qilish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilgan. Odatda bu tizimda davlat, dorixonalar va farmatsevtika kompaniyalari ishtirok etadi. Misol uchun, 12 million aholiga ega Belgiya mamlakatida yiliga 700 tonna muddati o‘tgan dori vositalari utilizatsiya qilinadi. Norvegiya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Shveysariya va AQSHda farmatsevtika chiqindilari davlat dorixonalariga qaytariladi.

Germaniyada yagona reglament yo‘q. Hududlarning 80 foizida oddiy maishiy chiqindilar saralangandan so‘ng yoqiladi, muddati o‘tgan dori vositalarini utilizatsiya qilishning tavsiya etilgan usullaridan biri ham shunday chiqindilar bilan birga tashlab yuborishdir. Ba’zi joylarda muddati o‘tgan dori-darmonlarni yig‘ish punktlari, shuningdek, ularni utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan maxsus kompaniyalar mavjud.

Rossiya deputati dorixonalarga fuqarolardan muddati o‘tgan dorilarni qabul qilish vazifasini yuklashni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 3 mln tonnaga yaqin tibbiy chiqindilar hosil bo‘ladi, ularning 70 foizdan ortig‘i qattiq kommunal chiqindilarga o‘xshash, 25 foizi esa xavfli hisoblanadi.

Ammo "Farma RF" hamjamiyati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov farmatsevtlarning 80 foizi aholidan muddati o‘tgan dorilarni qabul qilish majburiyatini olishga tayyor emasligini ko‘rsatdi. 75% esa bunday chora-tadbirlar farmatsevtika chiqindilari muammolarini hal qilishga yordam bermaydi deb hisoblaydi.

So‘rovnomadi ishtirok etgan farmatsevtlarning aksariyati (66%) ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydi. Respondentlarning 14% tashabbusning to‘g‘riligiga qo‘shiladi, lekin uni amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. Yana 17 foizi fuqarolardan muddati o‘tgan dorilarni qabul qilish mumkin, lekin faqat ma’lum sharoitlarda degan fikrda.

22% dori-darmonlarni qabul qilishga tayyor, ammo utilizatsiya bilan ixtisoslashgan tashkilotlar shug‘ullanishi kerak, deb hisoblaydi. Yana 16% dorixonalar dori vositalarini keyinchalik utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash sharti bilan rozi bo‘lishi mumkinligini aytishgan. So‘rovda qatnashganlarning 14 foizi, agar utilizatsiya qilingan dori vositalari haqidagi ma’lumotlarni maxsus tizimga kiritish talab etilmasa, muddati o‘tgan dorilarni qabul qilishga roziligini bildirashgan, 13% qo‘shimcha to‘lovlar evaziga mas’uliyatni bajarishga tayyor ekanligini, 23% esa har qanday sharoitda qo‘shimcha majburiyatga tayyor emasligini aytgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech