12:00 (25.07.2023)
1670
Dori vositalari dorixonalar va shifoxonalarning javonlaridan o`rin olishidan avval ro'yxatga olinadi. Buning uchun barcha dorilar maxsus sinovlardan o`tkazilishi lozim.
Avvaliga laboratoriya muhitida tadqiqotlar o'tkaziladi. Olimlar biologik nishonni tanlab, ko'plab tajribalar o'tkazadilar.
Ular tanlangan vosita qanday harakat qilishini, qanday reaktsiyalarga kirishishini aniqlaydilar va u tanadagi turli jarayonlarga qanday ta'sir qilishini taxmin qiladilar. Keyinchalik, tanlangan preparatni laboratoriya hayvonlarida sinab ko'rishga o'tadilar.
Agar sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar muvaffaqiyatli bo'lsa, keyingi bosqich boshlanadi - klinik sinovlar. Ular bir necha bosqichlardan o'tadi:
I bosqich - sog'lom ko'ngillilarning kichik guruhidagi tadqiqotlar. Olimlar preparatning inson organizmida qanday ishlashini, qaysi yo‘lni bosib o‘tishini va qanday nojo‘ya reaktsiyalarni keltirib chiqarishini kuzatadilar.
II bosqich - bemorlarni o'rganish. Guruhda tadqiqot ishtirokchilari soni ko`payadi va ularning aksariyatida biron bir kasallik alomatlari mavjud. Ushbu bosqichda olimlar preparatning haqiqiy kasallik sharoitida qanday ta`sir ko`rsatishini kuzatadilar.
III bosqich - bemorlarning katta guruhidagi tadqiqotlar. Endi olimlar dori haqiqatan ham ishlayotganini va o`tkan bosqichlardagi ta'sir tasodif emasligini isbotlashga harakat qilishadi.
Agar preparat klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o'tsa, u ro'yxatga olinadi va bemorlarni davolash uchun ishlatiladi. Dori-darmonlarni ishlab chiqish va barcha sinovlardan o`tkazish uchun o`rtacha 10-15 yil kerak bo'ladi.