15:01 (06.09.2023)

2598

Olimlar: ayrim ichak kasalliklari Parkinson kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi

Gut jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot bir qator ichak kasalliklari va Parkinson kasalligini rivojlanish xavfi oʼrtasidagi bogʼliqlikka bagʼishlandi

Olimlar ich qotishi, disfagiya (ovqat yoki suv yutishning buzilishi) va yalligʼlangan ichak sindromi kabi muammolar jiddiy nevrologik kasallikning xabarchisi boʼlishi mumkinligini aniqladilar. Shunday qilib, oshqozon-ichak trakti bilan bogʼliq muammolar turli xil serebrovaskulyar (bosh miyada qon aylanishining buzilishi) buzilishlarning - miya anevrizmalarining, Altsgeymer kasalligining kelib chiqib sabablari boʼlishi mumkin, deb hisoblashadi, endi olimlar bu roʼyxatga Parkinson kasalligini ham qoʼshishdi.

Ish doirasida Parkinson kasalligiga chalinishi sabablari nomaʼlum boʼlgan 24 624 kishining tibbiy maʼlumotlari oʼrganildi. Ular oʼz maʼlumotlarini Alьtsgeymer kasalligi yoki boshqa serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlar haqidagi maʼlumotlar bilan taqqosladilar. Diagnostikadan 6 yil oldin ularning jadvallarida qayd etilgan ichak patologiyalarining chastotasini solishtirish uchun yoshi, jinsi va tashxis qoʼyish muddati ham hisobga olingan. Barcha namunalardan soʼng, toʼrtta ichak patologiyasida Parkinson kasalligining rivojlanish xavfi yuqori ekanligi aniqlandi.

Bularga gastroparez, yaʼni ovqat hazm qilish buzilishi, disfagiya, ich qotishi va yalligʼlangan ichak sindromi kiradi. Birinchi uchtasi 5 yil ichida neyrogenerativ kasallik rivojlanish xavfining ikki barobar ortishi bilan bogʼliq. Diareyasiz yalligʼlangan ichak sindromi bilan xavf 17% ga oshadi.

Funktsional dispepsiya (oshqozonda sababsiz yonish yoki toʼqlik ), diareya bilan kechadigan yalligʼlangan ichak sindromi kabi muammolar ham Parkinson kasalligi tashxisi qoʼyilgan odamlarda koʼproq uchraydi. Ammo bu holatlar Altsgeymer kasalligi va boshqa serebrovaskulyar koʼrinishlar rivojlanganlarda ham keng tarqalgan.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashlaricha, "bu tadqiqot nafaqat ich qotishi, balki disfagiya, gastroparez va diareyasiz yalligʼlangan ichak sindromining klinik diagnostikasi Parkinson kasalligining rivojlanishini bashorat qilishi mumkin boʼlgan muhim kuzatuv dalillarini oʼrnatgan birinchi tadqiqotdir". Ushbu natijalar eʼtibor va qoʼshimcha oʼrganishni talab qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech