17:30 (20.07.2023)

2030

Kattaqoʼrgʼon tuman tibbiyot birlashmasidagi firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʼrgʼon shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqoʼrgʼon tuman tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi S.Sh. yuqumli kasalliklar boʼlimini 6 nafar hamshirasining ish stavkasiga 0,25 stavkadan qoʼshtirib berish evaziga ularning 2 200 АQSh dollari va 1,1 mln soʼmini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritganligi aniqlanib, S.Sh. tomonidan 800 АQSh dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech