18:00 (08.09.2023)
1926
Xitoylik tadqiqotchilarning fikriga koʼra, butun dunyo boʼylab mashhur boʼlgan ushbu modda metabolik kasalliklarga chalingan odamlarda qalqonsimon bez ishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Futszyan tibbiyot universiteti jamoat salomatligi maktabi tadqiqotchilari 2007-2012 yillardagi 2582 bemor ishtirok etgan NHANES I tadqiqoti maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Bunda NHANES ishtirokchilarning sogʼligʼi holati, shu jumladan qalqonsimon bez funktsiyasi, ovqatlanishi, demografiyasi va boshqa maʼlumotlari toʼplandi.
Ishtirokchilar jinsi, yoshi, vazni, glikemik koʼrsatkichlari, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari mavjudligiga qarab uchta kichik guruhga boʼlingan. Qalqonsimon bez kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar tadqiqotdan chiqarildi.
1-guruh (208 kishi) metabolik salomatlik nuqtai nazaridan eng zaifi edi: bu ishtirokchilarning tana massasi indeksi (TMI) va yoshi, shuningdek, giperglikemiya, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish darajasi yuqori edi. Shunisi eʼtiborliki, bu guruh eng kam kofein isteʼmol qilgan.
2-guruhda (543) barcha ishtirokchilar chekuvchilar boʼlib, 90,4% spirtli ichimliklar ichishga odatlangan, guruhda erkaklarning foizi yuqori edi. Bu guruhdagilar koʼp kofein isteʼmol qilgan.
3-guruh (1183) metabolizm boʼyicha eng sogʼlom deb topildi - unga asosan ayollar, yoshlar va eng past TMI kiradi. Ushbu guruh ishtirokchilarining hech biriga giperglikemiya, gipertenziya yoki yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qoʼyilmagan.
1-guruh ishtirokchilari qon zardobida tiatrop gormoni (TTG) eng yuqori darajasiga ega boʼlib, mualliflar buni subklinik gipotiroidizm yoki ochiq gipotiroidizmga oʼtishning alomati sifatida talqin qilishgan. Shu bilan birga, kofeinni koʼp isteʼmol qilish (9,97-264,97 mg / kun) tahlilda TTG darajalari bilan chiziqli boʼlmagan salbiy bogʼliqlikni koʼrsatdi.