18:06 (04.07.2023)
2545
Prezident 14 iyun kuni koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlaydigan shifokorlar uchun qo`shimcha pul miqdorini to‘rt marta kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan joylarda ishlovchi tibbiyot xodimlari va xizmatchilar, shuningdek, ushbu infeksiyani aniqlash va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash laboratoriyalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi ustamalari 200 foizdan 50 foizgacha pasaytirildi. O`zgartirishlar 15 iyundan kuchga kirdi.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasining dastlabki oylarida tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari, koronavirus bilan kasallangan odamlar joylashtirilgan muassasalarda va ushbu infektsiyani aniqlash uchun laboratoriyalarda ishlaydiganlar va COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan boshqa xodimlarga 5 million soʻmdan 25 million soʻmgacha belgilangan ustama toʻlangan edi. 2021-yil 1-iyundan boshlab summalar qisqartirildi (2,5-15 million so‘m), 2022-yil 1-yanvardan esa xodimlarning ish haqi tarif jadvaliga 200 foizlik qo‘shimcha to‘lov joriy etildi.