15:39 (14.09.2023)

1083

Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq

Korrupsiya iqtisodiyotning xavf-xatari manbai boʻlib, ayniqsa mamlakatda pul oqimini izdan chiqaradi. Maʼlumki, iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik davlat byudjetining defitsitsiz boʻlishini taqozo etadi. Korrupsiya yoʻli bilan topilgan daromad ochiq ishlatilmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarorlari ijrosini taʼminlash borasida “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining “Komplayens-nazorati” xizmati tomonidan doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlarini tizimli ravishda targʻibot qilish va xuquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-sentyabr kuni “Dori-Darmon” AKda “Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida”gi taqdimnomaci muhokama qilindi.

“Komplayens-nazorati” xizmati boshligʻi J.Qayumov tomonidan taqdimnoma yuzasidan toʻxtalib oʻtildi mazmuni barcha xodimlarga yetkazildi. Taqdimnomaga koʻra, “Sirdaryo Dori-Darmon” MCHJ sobiq mansabdor va masʼul xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Shuningdek, tadbirda  Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech