17:25 (25.09.2023)

997

Korruptsiyaga yoʼl qoʼymang

Korruptsiya davlat va jamiyat hayotining turli sohalariga shikast yetkazuvchi va iqtisodiyotning, davlat boshqaruvi va umuman jamiyatning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi xavfli ijtimoiy hodisa sanaladi.

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining “Komplaens-nazorati” xizmati tomonidan “Fargʼona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatida korruptsiyani oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga amal qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish boʼyicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi. Unda tashkilot rahbarlari, dorixona mudirlari, masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʼgʼrisida”gi taqdimnomaci mazmuni “Komplaens-nazorati” xizmati boshligʼi J.Qayumov tomonidan barcha xodimlarga yetkazildi.

Korruptsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʼzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Yigʼilishda korruptsiya tizimning obroʼsiga jiddiy putur yetkazishi, ushbu holatlarning oldini olishda barcha xodimlar birdek masʼul ekanligi aytib oʼtildi. Bunday noqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarlik muqarrar ekanligi misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, tadbirda Oʼzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu oʼrinda eslatib oʼtamiz, agar kompaniya tizimida qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, “Dori-Darmon” АKning 78-120-16-61 raqamli ishonch telefoniga qoʼngʼiroq qilishingiz yoki telegram messenjeridagi aloqa kanali @doridarmonbilan_bot orqali murojaat etishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech