15:00 (16.10.2023)
1074
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Sh. va boshqalar 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.Sh.ga 25 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, A.Sh.ning yonidan 220 dona va uning xonadonidan yana 1 800 dona “Zardeks” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.M. 5 dona “Tropikomid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.A.ga 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan sotish uchun moʻljallangan 103 dona “Tropikomid” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.