17:08 (21.07.2023)
2138
Gelmgoltz atrof-muhitni o'rganish markazi olimlari maishiy mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy moddalar organizmning immunitet hujayralariga ta'sir qilishini aniqladilar. Ish natijalari Chemosphere jurnalida chop etildi.
PFAS - bu iste'mol tovarlarida keng qo'llaniladigan sintetik birikmalar guruhi. Ushbu moddalar suv va yog'ni qaytaruvchi, issiqlikka chidamli va juda bardoshlidir. Biroq, PFASning asosiy xavflaridan biri shundaki, ular parchalanmaydi va atrof-muhitda, shu jumladan, tuproq va suv havzalarida to'planadi. Avvalgi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bu birikmalar deyarli barcha odamlarning qonida mavjud. So'nggi paytlarda butun dunyo bo'ylab mutaxassislar PFASni ularning salomatlikka ta'sirini tushunish uchun chuqurroq o'rganishni boshladilar. Ular allaqachon jigar shikastlanishiga, gormonal muvozanatining buzilishi va tug'ilish vaznining pasayishiga olib kelishi ma'lum.
Yangi tadqiqotda mualliflar PFAS ning sog'lom ko'ngillilarning qonidan olingan immun hujayralariga ta'sirini o'lchash uchun maxsus ishlab chiqilgan immunologik usuldan foydalanishdi. Tajribada atrof-muhitda ayniqsa keng tarqalgan uchta aralashma ishlatilgan: uchta qisqa zanjirli PFAS, uchta uzun zanjirli PFAS va oltita PFAS. Keyin tadqiqotchilar kimyoviy birikmalar bilan bog'langandan so'ng immunitet hujayralari qanchalik faol ekanligini tekshirdilar.
Ma'lum bo'lishicha, PFAS ta`sir qilgan hujayralar faolligi sezilarli darajada past bo'lgan. Eng kuchli ta`sir T-hujayralari ya`ni immunitet uchun javob beradigan hujayralar uchun qayd etildi: ular boshqa hujayralar bilan eng pas aloqaga ega edi. Eng aniq ta'sirlar oltita PFAS ta'sirida kuzatilgan: immun hujayralarining besh turidan ikkitasining faolligi pasaygan. Natijada, patogenlarning organizmga kirishi ancha oson bo'ladi va immunitet reaktsiyasi zaiflashadi. Keyingi tajriba shuni ko'rsatdiki, PFAS ta'siridan keyin T-hujayra faollashuvi uchun mas'ul bo'lgan genlar faoliyati sustlashib ketgan.