09:00 (28.08.2024)

680

Inson miyasida ko‘p miqdorda plastik zarralar topildi

Olimlar insonning turli organlarida, masalan, o‘pka, jigar va buyraklarda mikroplastmassalar mavjudligini uzoq vaqtdan beri hujjatlashtirib kelishgan. Endi miyada plastik topildi. Miya namunalari og‘irligining taxminan 0,5 foizini plastik zarrachalar tashkil etadi, deb yozadi The Guardian.

Mikroplastmassalar diametri 5 mm dan kam bo‘lgan parchalar bo‘lib, ular tanaga havo, suv va oziq-ovqat orqali kira oladi. Tadqiqotchilar miyadagi plastmassa konsentratsiyasi boshqa organlarga qaraganda ancha yuqori ekanligini ta’kidlashadi. Misol uchun, yaqinda o‘tkazilgan bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, miyadagi plastmassa miqdori jigar va buyraklardagiga qaraganda 10-20 baravar yuqori. Shuningdek, tadqiqot 2016-yildan 2024-yilgacha miyadagi plastmassa miqdori 50 foizga oshganini tasdiqladi.

Plastmassaning mayda zarralari nafaqat miyada, balki insonning boshqa organlarida ham uchraydi. O‘rganilgan 16 ta suyak iligi namunalarida ham mikroplastmassalar aniqlangan. Ushbu namunalarning aksariyatida qadoqlash va maishiy mahsulotlarda keng qo‘llaniladigan polistirol va polietilen mavjud.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mikroplastmassalar qon va platsentada mavjud. Toxicological Sciences jurnalida chop tadqiqot natijalariga ko‘ra, 62 ta platsenta namunalarida mikro va nanoplastiklar topilgan. Buning qo‘rqinchli tomoni shundaki, onadan homilaga mikroplasmassaning o‘tishi mumkinligini ko‘rsatadi, bu kelajak avlodlar salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tanadagi mikroplastmassalar yurak-qon tomir kasalliklari va homilador bo‘lish bilan bog‘lik muammolarga olib kelishi mumkin. Olimlar oziq-ovqat va suvdagi mikroptlastmassalar miqdori uchun standartlarni belgilashni talab qilmoqdalar. Ular chora ko‘rilmasa, muammo yanada og‘irlashib, inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir qilishidan ogohlantirdi.

Ilgari olimlar plastik butilkalardan suv ichish qon bosimini oshirishi mumkinligini aniqlagan edi. Plastik butilkalardagi suyuqliklar orqali qon oqimiga kiradigan mikroplastmassalar yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech