09:02 (11.08.2023)

1706

Polsha sogʼliqni saqlash vaziri dori retseptlari bilan bogʼliq mojaro tufayli ishdan boʼshatildi

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski sogʼliqni saqlash vaziri Аdam Nedzelskiyni lavozimidan chetlashtirishga qaror qildi. Polsat Newsning yozishicha, isteʼfoga Nedzelьskiyni retseptlar sohasidagi innovatsiyalar bilan bogʼliq janjaldan keyin tandiqlar ostida qolganligi sabab boʼlgan.

Vazir shifokorlar hamjamiyati tomonidan qattiq tanqidga uchradi: Poznanlik shifokorlardan biri televizorga chiqib, Nedzelskiy tomonidan kiritilgan oʼzgarishlardan soʼng baʼzi ogʼriq qoldiruvchi vositalar uchun retseptlar berish bilan bogʼliq muammolar paydo boʼlganligi haqida gapirib chiqqan edi. Vazir unga javoban shifokorning shaxsiy maʼlumotlarini, xususan, u oʼziga yozib bergan dorilar retseptlarini shaxsiy blogida eʼlon qilgan.

Sogʼliqni saqlash vaziri etib Katarjina Soyka tayinlandi.

"Men vazir Аdam Nedzelskiyga global pandemiya boshlangan bir paytda qiyin vazifani oʼz zimmasiga olgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.- dedi Bosh vazir Moravetski isteʼfosi haqida gapirar ekan. - Bu juda qiyin vaqt edi, COVID-19 yangi kasallik, ilgari hech kim sinovdan oʼtkazmagan, oʼshanda juda murakkab vazifalarni bajarish kerak boʼlgandi. <…> Sogʼliqni saqlash vazirligida olib borilayotgan ishlar toʼsiqlarsiz bajarilishini taʼminlash tarafdoriman”.

Eslatib oʼtamiz, Аdam Nedzelskiy 2023 yilda Pfizer kompaniyasidan mamlakatga koronavirusga qarshi vaktsinalar yetkazib berilishiga qarshi chiqqan edi. Uning soʼzlariga koʼra, kasallanish holatlari kamaygani sababli, Yevropa Ittifoqi aholisi endi dorining "yuz millionlab dozalariga" muhtoj emas.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech