16:31 (28.04.2023)
2852
Sogʼliqni saqlash vazirligi koʼmagida Reproduktiv tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi.
2023-2024 oʼquv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.
Shuningdek, shu yilning oʼzida xorijiy ekspertlardan iborat boʼlgan reproduktologiya, embriologiya, sitologiya, genetika yoʼnalishlarida ilmiy tatqiqot ishlarini olib boruvchi va ushbu yoʼnalishlarda ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.
Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu zamonaviy ixtisosliklar boʼyicha mutaxassislar tayyorlash Oʼzbekistonda ilk bor yoʼlga qoʼyilmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirda mamlakatimiz aholisi orasida tugʼilish koeffitsienti 3,2 ni tashkil etib, har yili qariyb 1 million nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keladi.