12:15 (14.08.2023)

2165

Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan “C” gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi 13 turkumi O‘zbekistonga yuborildi

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi tomonidan maʼlum qilinishicha, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi o‘laroq, Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan “С” gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositalarining navbatdagi turkumini mamlakatimizga yuborishga kelishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Kuni kecha «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan ajratilgan insonparvarlik ko‘magining o‘n uchinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi. Jami 80 dona qutida 1280 ta “Daclatasvir-60 mg” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Qayd etish joizki, Misr “B” va “C” gepatiti viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ etilgan bo‘lib, Misr olimlari tomonidan yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va ularning tajribasini ham o‘zbek mutaxassislari bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech