12:06 (04.07.2023)

2252

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumanida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro А.B. “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida 601 dona oq-koʼk rangli kapsula va 4 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʼtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Аndijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Аndijon shahar 4-kichik daha hududida oʼzlarini shubhali tutgan fuqarolar O.T. va M.J. 14 dona “Tropikamid” va 55 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʼtkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech