13:20 (07.09.2023)

2021

Nima uchun tabletkalarni mineral suv bilan ichish mumkin emas?

Dorini nima bilan birga ichishni tanlash odatda taʼmga asoslanadi. Misol uchun, koʼpchilik achchiq tabletkalarni shirin narsa bilan ichishni afzal koʼradilar.

aif.ru  sayti dorilar uchun gazsiz suvdan foydalanish eng yaxshisi ekanligini yozdi. Shu bilan birga, mineral suv bilan ichish tavsiya etilmaydigan dorilar mavjud.

Baʼzi dorilarni sharbat bilan ichish yaxshiroqmi?

Tavsiyalarga koʼra, dorilar tarkibidagi faol moddalar nima bilan ichishingizga qarab yomonroq yoki yaxshiroq soʼrilishi mumkin, masalan temir tanqisligi kamqonligini davolashda temir preparatlarini nordon sharbat bilan qabul qilish yaxshi, chunki temir kislotali muhitda yaxshiroq soʼriladi va aksincha, sut bilan ichish tavsiya etilmaydi, chunki sut mahsulotlari tarkibida temir boʼlgan preparatlarni zararsizlantirishi mumkin.

Nima uchun mineral yoki yuqori gazlangan suv bilan dori-darmonlarni qabul qilmaslik kerak?

Bunday ichimliklar dori vositalarini foydasiz holatga keltirishi mumkin: “Gazli ichimliklar meteorizmga olib keladi. Mumkin boʼlgan fermentatsiya tufayli preparatning ichakda soʼrilish darajasi pasayishi mumkin. Mineral suv esa ishqoriydir: ishqoriy muhit oshqozonda xlorid kislotani neytrallaydi va baʼzi dorilar soʼrilmasligi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech