14:45 (24.09.2024)
279
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 AQSH dollari va 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Sergeli tumani bo‘limi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va boshqalar 140 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro U.S.ga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.