11:50 (29.08.2024)

659

Organizmda qon aylanishi buzilganidan darak beruvchi alomatlar

Qon aylanishi yurak qisqarishi tufayli qonning organizmda maxsus sistema orqali harakatlanishidir. U  organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi turgʻunligini taʼminlaydi va hujayralarga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlarni olib keladi.

Beylor tibbiyot oliygohi (AQSH)dagi tibbiyot dotsenti Veenadxari Van Medical Xpress nashriga bergan intervyusida qon aylanish tizimi ishdan chiqishining turli belgilari haqida maʼlumot berdi. Shifokorning soʻzlariga koʻra, qon aylanishining yomonlashganida eng koʻp uchraydigan belgilarga sababsiz titroq, butun tananing sanchib ogʻrishi hamda qoʻl va oyoq uchlarining uvishishi kiradi. Baʼzan ogʻriq kuchayib ketishi va asosan oyoq barmoqlari va tovon qismida namoyon boʻlishi mumkin.

Qon aylanish tizimi buzilganda uzoq vaqt piyoda yurgandan soʻng son va boldir qismlarida ham ogʻriqlar paydo boʻladi. Ushbu patologiyaning boshqa belgilariga yara va jarohatlarning sekin bitishi hamda doimiy rangparlik kabilar kiradi. Organizm hayotiy muhim boʻlgan organlarga qon oqimini yetkazib berishga harakat qiladi, shuning uchun qon aylanishi bilan bogʻliq muammolarning belgilari birinchi navbatda qoʻl va oyoq uchlarida seziladi.

Shifokor Veenadxari Van taʼkidlashicha, qon aylanishining yomonlashishiga koʻplab ekologik va genetik omillar hamda notoʻgʻri turmush tarzini olib borish ham olib keladi. Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar, chekuvchilar va erkaklarda qon aylanish tizimining buzilish xavfi yuqoridir.

Oʻz vaqtida davolanmagan kasallik yurak va jigar kabi muhim ichki organlar faoliyatining buzilishiga olib keladi va turli patologiyalarni keltirib chiqaradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech