12:21 (23.03.2023)

1846

Qovoq urugʼining foydali xususiyatlari

“Dori-Darmon” АK dorixonalarida 150 gr qovoq urugʼi- 18 000 soʼm

Qovoq urugʼining insonlar uchun eng muhim boʼlgan xususiyati shundaki, uning tarkibida magniy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, qovoq urugʼi yogʼi marganets, mis, temir va ruhning manbasi hisoblanadi. Magniy yaxshi kayfiyat va mustahkam uyquni taʼminlasa, marganets − kollagen sintezi, biriktiruvchi toʼqima va suyaklarning sogʼligʼi uchun juda muhimdir. Temir tanada kislorod aylanishini, sink − immunitetni, mis esa energiya ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi. Bular qovoq urugʼining organizm uchun foydali xususiyatlarining faqat bir qismidir.

Sogʼlom yogʼlar

Аsal bilan qovoq urugʼi anchadan buyon bolalar va vazni kam boʼlgan kattalar uchun ozuqaviy qoʼshimcha sifatida ishlatiladi. Qovoq urugʼining xususiyatlaridan biri − uning tarkibida foydali yogʼlarning koʼpligi bilan bogʼliq. Ushbu mahsulot omega-3 kislotalarining eng yaxshi manbasi hisoblanadi, shuningdek, alfa-linolenik kislota ham mavjud. Tarkibdagi yogʼ kislotalari yurak, qon-tomirlarini yalligʼlanish va kasalliklardan himoya qiladi.

Qonda shakar miqdorini barqarorlashtiradi

Qandli diabetga chalingan bemorlar uchun qovoq urugʼining eng birinchi foydasi − qondagi qand miqdorini nazorat qilish. Qovoq urugʼini har kuni isteʼmol qilish insulin ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Qovoq urugʼi gijjalarni yoʼqotadi

Qovoq urugʼidan bolalardagi gijjalarni yoʼqotishda foydalanish ajoyib gʼoya. Tarkibida kukubritin moddasi parazitlar uchun zaharli boʼlib, inson tanasiga xavf solmaydi.

Qovoq urugʼlari kimlarga mumkin emas

Vazn masalasida jon kuydiradiganlar uchun qovoq urugʼining yagona zarari yuqori kaloriya boʼlishi mumkin. Ularga kundalik ravishda 100 grammdan koʼp boʼlmagan urugʼ isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, qovoq urugʼi meʼda shirasining yuqori kislotaliligi va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari uchun xavfli boʼlishi mumkin. Shuning uchun ham urugʼning foyda va zararlarini taqqoslagan holda ularni ratsionga kiritish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech