17:14 (11.08.2023)

1343

Oʼzbekiston Аfgʼonistonga davlat xaridlari orqali dori vositalarini yetkazib bermoqchi

Oʼzbekistondagi farmatsevtika korxonalari Аfgʼonistonning dori-darmon boʼyicha davlat xaridlarida (tenderlarida) ishtirok etishi mumkin.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Ulugʼbek Egamov raisligida Аfgʼoniston Oziq-ovqat va dori-darmon milliy idorasi (AFDA) raisi doktor Аbdul Bori Umar bilan muzokaralar boʼlib oʼtdi.

Suhbat chogʼida Oʼzbekistondagi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni Аfgʼonistonning dori-darmon boʼyicha davlat xaridlarida (tenderlarida) ishtirok etishi kabi takliflar bildirildi.

Bundan tashqari, Аfgʼonistonda Oʼzbekiston farmatsevtik mahsulotlari shourumini tashkil etish, Oʼzbekiston farmatsevtik mahsulotlarini Аfgʼonistonning tegishli idoralarida roʼyxatdan oʼtkazish hamda roʼyxatdan oʼtkazilish muddatlarini qisqartirish ham taklif qilindi.

Muzokaralar yakunlariga koʼra, takliflar ishlab chiqish va maʼlumot almashish uchun qoʼshma texnik ishchi guruh tuzish taklifi qoʼllab-quvvatlandi, uning tarkibini yaqin vaqt ichida tasdiqlash va taqdim etishga qaror qilindi, — deya qoʼshimcha qildi agentlik.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech