12:04 (01.08.2024)

412

Nima uchun bir xil dori ham inyeksiya, ham tabletka shaklida mavjud bo‘ladi

Hamma gap har bir dori shaklining xususiyatlarida: u preparatning qanchalik tez taʼsir qilishini va organizmda taqsimlanishini belgilaydi. Shifokor davolanish samarali boʼlishi uchun bemorga aniq shaklini tayinlaydi.

Kasallik turiga qarab, yaxshi soʼriladigan va kerakli joyga taʼsir qiladigan dori shakli tanlanadi. Masalan, tomoq ogʼrigʼini davolashda siroplar afzalroq boʼlishi mumkin.

Shifokorlar dori qabul qilish jarayonini yengillashtirish uchun, bemorning yoshini hisobga olgan holda,  ayniqsa yutish bilan bogʼliq muammolari boʼlgan bemorlarga eritmalar yoki siroplarni tavsiya qilishlari mumkin.

Dorini organizmda soʼrilish tezligi ham rol oʼynaydi. Inʼektsiyalar masalan, insulin yoki geparin koʼpincha organizmda preparatning kerakli kontsentratsiyasiga tezda erishish kerak boʼlganda qoʼllaniladi. Misol uchun: xuddi shunday taʼsir qiluvchi moddasi boʼlgan tabletkalar ancha sekinroq soʼriladi.

Surtish qulayligi va jigarga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun baʼzilar  malham yoki gellarni afzal koʼrishadi. Dorining bu shakllari faol moddaning ovqat hazm qilish tizimini chetlab oʼtib, teri orqali qonga oʼtishiga imkon beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech