14:45 (16.08.2023)

1623

Dori vositasiga allergiyasi boʼlgan bemorlarning deyarli uchdan bir qismi ularni qoʼzgʼatuvchisini aniqlashga harakat qilmaydi

Bu raqamlar Ogayo shtati universiteti (АQSh) qoshidagi Veksner tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan chop etilgan. Mutaxassislar dori allergiyasi uchun sinovdan oʼtgan 261 nafar katta yoshli insonlarni (77% ayollar) tahlillarini baholadi. Ushbu insonlarda 0 dan doshlab 10 dan ortiq holatlarda dori allergiyasi kuzatilgan. Shu bilan birga, ishtirokchilarning 75,5 foizida bir marta allergiya holatlari yuzaga kelgan.

Yuqori sezuvchanlikning eng keng tarqalgan sababi :

-antibiotiklar (55,3%), ular orasida penitsillin yetakchi (32%),
-keyin vaktsinalar (14,6%)
-va steroid boʼlmagan yalligʼlanishga qarshi dorilar (6,6%).

166 bemorda (63,6%) dastlabki konsulьtatsiya toʼgʼridan-toʼgʼri ikki bosqichli ogʼzaki sinovdan soʼng teri testi kabi qoʼshimcha tasdiqlovchi diagnostikadan oʼtish tavsiyasi bilan yakunlangan.

Bemorlarning 17,6 foizida dori allergiyasi tashxisi yon taʼsir yoki murosasizlik sifatida tasniflangan , 14,2% allergiya rivojlanish ehtimoli tufayli preparatni qabul qilmaslik haqida koʼrsatma berilgan, 2% gospitaliziya uchun kasalxonaga yotqizilgan.

Dori allergiyasi aniqlangan bemorlarning aksariyatiga qoʼshimcha tekshiruvdan oʼtish tavsiya etilganiga qaramay, ularning deyarli uchdan bir qismi shifokorlar tavsiyasiga amal qilmagan. Keyingi tekshirish uchun klinikaga qaytish tavsiya etilgan 54 nafar (32,5%) bemor tashxisni yakunlamagan, ulardan 35 nafari (65 foizi) boshqa shifokor qabuliga yozilmagan.

Mualliflarning fikriga koʼra, dori allergiyasining notoʼgʼri tashxisi sogʼliqni saqlash xarajatlarining oshishiga, shuningdek, dorini notoʼgʼri tanlash tufayli nojoʼya taʼsirlarning koʼpayishiga olib kelishi mumkin.

Аniq yechimlardan biri bu sinovni dori allergiyasi kuzatilgan dastlabki kunda oʼtkazishdir”, deb xulosa qilishdi tadqiqotchilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech