18:01 (10.09.2024)

583

Qalbaki dori vositalari yanada kamroq boʻladi

Toshkent shahrida 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi, unda mamlakatlar bosh vazirlari Abdulla Aripov va Mixail Mishustin ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha qoʻshma kommyunike qabul qilindi hamda bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanadi.

Xususan, bosh vazirlar Abdulla Aripov va Mixail Mishustin ishtirokida dori vositalaridagi markirovka kodlarini oʻzaro almashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. Hujjat Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida bir mamlakatdan boshqasiga olib chiqilayotgan dori vositalari toʻgʻrisida maʼlumot almashishga qaratilgan.

Ushbu qadam qalbaki va soxta dorilarga qarshi kurashni sezilarli darajada kuchaytiradi. Hozirda faoliyat koʻrsatayotgan monitoring tizimi dorixonalarga kontrafakt mahsulotlarning kirib kelishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, kelishuv eksport qilinadigan dori vositalarni markirovkalash xarajatlarini kamaytiradi va ishlab chiqarishda katta shaffoflikni taʼminlaydi, bu esa oʻz navbatida bemorlar uchun xavfsizlikni oshiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech