09:00 (26.09.2023)

1758

Antibiotiklarni qabul qilish qoidalari

1929-yil 13-sentabrda ingliz olimi Aleksandr Fleming ilk bor jamiyatga oʼzining kashfiyoti - penitsillinni taqdim etdi. Antibiotikning ixtirosi butun dunyo boʼylab millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldi.

Ammo bunday dori-darmonlarni nazoratsiz qabul qilib boʼlmaydi. Ularni qabul qilishning bir nechta muhim qoidalar mavjud.

1- qoida. Har qanday antibiotiklar faqat shifokor tavsiyasi bilan va faqat ular nazoratida qabul qilini kerak.

2- qoida. Siz yoki farzandlaringiz antibiotiklarni qabul qilayotganda barcha maʼlumotlarni yozing. Dori-darmonning dozasi, nojoʼya taʼsirlari yoki allergik reaktsiyalar mavjudligini koʼrsatish ayniqsa muhimdir.

3-qoida. Antibiotikni qabul qilish vaqti va chastotasiga qatʼiy rioya qiling. Dori dozalari oʼrtasida har doim teng vaqt oraligʼini saqlang. Bu qonda preparatning doimiy kontsentratsiyasini saqlab qolish uchun kerak.

4- qoida. Antibiotiklarning toʼliq kursini oling. Har qanday holatda yaxshilanishni sezganingizdan soʼng davolanishni toʼxtatmasligingiz kerak. Bundan tashqari, antibiotikning taʼsirini kuzatishingiz kerak. Agar 72 soat ichida yaxshilanish kuzatilmasa, patogen bu antibiotikga chidamli boʼlib, shifokor bilan maslahatlashib, uni almashtirish kerak.

5- qoida. Antibiotikning dozasini oʼzingiz oʼzgartirmang. Dori-darmonlarni kichik dozalarda qoʼllash juda xavflidir, chunki chidamli bakteriyalar paydo boʼlish ehtimoli ortadi. Dozani oshirish ham xavfsiz emas, chunki haddan tashqari katta doza yon taʼsirga olib keladi.

6-qoida. Antibiotikni qabul qilish boʼyicha koʼrsatmalarni diqqat bilan oʼqib chiqing va amal qiling. Turli xil dorilar oziq-ovqat isteʼmoliga turlicha bogʼliqdir. Baʼzi dori-darmonlarni ovqat bilan, boshqalari ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 1-2 soat oʼtgach qabul qilish kerak.

7- qoida. Antibiotiklarni davolash paytida probiotiklarni qabul qiling. Bunday dorilar tabiiy ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech