09:29 (14.08.2023)

1832

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʼlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.А.ning yonidan polietilen paketda jami 204 dona oq-koʼk rangli kapsulalar, “Septa Nazal bolalar uchun”, “Naftimizin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʼlimi tomonidan IIBB xodimlari hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.D. boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtotransport vositasi koʼzdan kechirilganda jami 15 dona polietilen paketiga oʼralgan jigarrangli oʼtkir xidli gashish moddasi, oq-qizil rangli kapsula va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda. 
 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech