12:19 (05.07.2023)

1606

Bektemir va Chilonzor tumanlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.K. boshqaruvidagi Namangan viloyatidan kelgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasida 480 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro D.O.ga 35,4 mln soʼmga oʼtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Chilonzor tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.X. va M.S. 30 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro А.А.ga 1,8 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech