17:39 (23.08.2023)

1134

"Qashqadaryo Dori-Darmon" МЧЖ GDP сертификатини олди

Kuni kecha boʻlib oʻtgan matbuot  anjumanimizda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʻona Dori-Darmon”, "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aksiyadorlik jamiyatlari, "Qoraqalpoq Dari-Darmak", “Oʻzbekiston dori taʼminoti"  masʼuliyati cheklangan jamiyatlari “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatini olganligi haqida maʼlumot bergan edik. Bugun ularning safi bittaga koʻpaydi "Qashqadaryo Dori-Darmon"masʼuliyati cheklangan jamiyati ham GDP  sertifikatini oldi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentyabrdagi 788-son qarorida mahalliy farmatsevtikaga GxP zarur amaliyotlar talablarini joriy etish nazarda tutilgan.

barcha mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilar Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga,

farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga,

farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyotining (GDP) milliy talablariga muvofiq boʻlishi lozim.

 Zarur amaliyotlarni tatbiq etishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

-sifatsiz maxsulotni import qilinishini oldini olish;

-aholini sifatli, xavfsiz va bezarar dori vositalari bilan taʼminlash;

-farmatsevtika mahsulotlarini xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlikni aniq belgilash;

-hodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida sifatli bajarishini taʼminlash;

-farmatsevtika mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlashga yondashuvni oʻzgartirish, bu nuqsonlarni paydo boʻlishi va mahsulotni chaqirib olish holatlarini kamaytirish;

-farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligiga ishonchni hujjatlar bilan tasdiqlash;

-xalqaro talablarga javob beradigan sifat tizimini yaratish;

-realizatsiya jarayonida texnik baryerlarni bartaraf etish;

-mahalliy maxsulotlarni chet el davlatlariga eksport qilinishi uchun keng yoʻl ochib berish hamda mahalliy maxsulotlarni raqobatbardoshligini taʼminlash;

-qalbaki va sifatsiz dori vositalarini taʼminot zanjiriga kirish xavfi oldi olish;

-farmatsevtika mahsulotlarini xususiyatlari oʻzgarmagan xolda isteʼmolchilarga yetkazib berilishini taʼminlash;

-farmatsevtika mahsulotlarini davlat xaridlari boʻyicha tenderlarda qatnashish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech