09:20 (07.03.2023)

2071

Qoʼqonda psixotrop dori vositalarining katta partiyasini Toshkentga olib oʼtish toʼxtatib qolindi

Psixotrop dori vositalari olib oʼtilish holati aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dangʼara tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Qoʼqon-Toshkent yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasi koʼzdan kechirilganda, fuqaro I.А. 560 dona “Regapen” hamda 105 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʼtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech