11:01 (22.09.2023)

1065

"Qoraqalpaq  Dari-Darmaq” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga press-tur boʼlib oʼtmoqda

Аyni damda ommaviy axborot vositalari uchun "Qoraqalpaq  Dari-Darmaq” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga press-tur boʼlib oʼtmoqda.

“Qoraqalpaq  Dari-Darmaq”  MChJ tarkibida: 19 nafar oliy maʼlumotli farmatsevtlar, 67 nafar oʼrta maxsus  farmatsevtlar, 43 nafar boshqa  mutaxassislikka ega  xodimlar ishlaydi.

“Qaraqalpaq  Dari-Darmaq” MChJ Qoraqalpogʼiston  Respublikasi  Sogʼliqni  Saqlash vazirligiga  qarashli  barcha  davolash profilaktik muassasalarini hamda  ambulator  sharoitda  davolanayotgan  bemorlarni  tarkibida giyohvandlik vositalar va  psixotrop  moddalar saqlovchi  dori vositalari,  kuchli  taʼsir  qiluvchi  dori vositalari bilan uzliksiz  taʼminlab  kelmoqda.

"Qaraqalpaq  Dari-Darmaq” MChJning 2023 yilning 6 oyi davomida tovar  aylanmasi  jami  6 109 188,7 soʼmni  tashkil  etdi, jumladan  ulgurji  savdo -2 878 922,4 soʼm,  chakana savdo – 3 230  266,3 soʼm.        
         
Joriy yilning 6-oyi davomida  mahalliy  ishlab  chiqaruvchi  korxonalardan  1,7 mlrd. soʼmga dori  vositalari  sotib  olindi.

Hisobot davrida respublika  davolash   profilaktika  muassasalari 2,6 mlrd. soʼmlik  dori  vositalari  va  tibbiyot buyumlari  bilan   taʼminlandi.

Jamiyat tomonidan respublikaning barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 83 ta ijtimoiy dorixonalar tashkil etilgan. 

Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi mahalliy korxonalar GDP - Zarur distribьyutorlik amaliyoti talablariga javob berishi lozim.  Jamiyat «Zarur amaliyotlar markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan  2023 yil aprel  oyida   Oʼzbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti “Oz Dst 2764:2018  “Zarur distribʼyutorlik  amaliyoti - GDP” Davlat  standarti talablariga  muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat oldi.  

Jamiyat omborxonasi  GDP standarti  boʼyicha  faoliyat  yuritmoqda,  buning  uchun omborxonada barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi  “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 14 toifasi roʼyxati tasdiqlangan.  Mazkur toifadagi shaxslarga  shifokor  retsepti asosida bepul dori  vositalari bilan  taʼminlash  maqsadida  joriy  yilning  6 oy  davomida   511 182,2  soʼmlik  dori  vositalari  bepul   berildi.

"Qaraqalpaq Dari-Darmaq” masʼuliyati cheklangan  jamiyati tomonidan 4 ta maxsus jihozlangan “Koʼchma dorixona"lar tashkil etilgan boʼlib, bu dorixonalar orqali Qoraqalpogʼiston  Respublikasining  olis, chekka hududlarida  yashayotgan aholisiga  zarur dori vositalari arzon narxlarda sifatli yetkazib berilmoqda. 

Bugungi kunda ushbu “Koʼchma  dorixonalar” belgilangan  tartibda  tuman hokimlari  tomonidan  tasdiqlangan  jadval asosida respublikaning  barcha  tumanlariga, jumladan olis Muynoq   tumani Shege, Shagʼirli, Porlitaoʼ, Uch soy, Hakim ata ovul  fuqarolar  yigʼinlariga,   Chimboy, Taxtakupir,  Qoʼngʼirot,  Beruniy,  Аmudaryo,  Turtkul va Nukus shahrining olis hududlari boʼlgan  “Bes tobe” va “Qos kol” posyolkalariga borib,  aholiga xizmat qilmoqda.

Press-tur davomida jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech