12:02 (21.09.2023)

1810

Laym kasalligiga qarshi birinchi vaktsina ishlab chiqildi

Pensilvaniya universiteti qoshidagi Perelman tibbiyot maktabi olimlari odamlarda Laym kasalligiga qarshi birinchi eksperimental mRNK vaktsinasini ishlab chiqdilar. Tadqiqot Molecular Therapy jurnalida chop etildi.

Dastlabki sinovlar hayvonlar modelida o'tkazildi. Sinov subyektlari bitta emlashdan keyin kuchli antitelalani ishlab chiqardi va T-hujayra faolligi oshdi. Bundan tashqari, uzoq muddat ichida infektsiyaning oldini olishga yordam beradigan kuchli B-hujayrali immunitet reaktsiyasi kuzatildi.

Kasallangan shomil chaqishi orqali yuqadigan borrelioz deb ham ataladigan Laym kasalligi, Borrelia bakteriyalari keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikdir.  Infektsiyalangandan keyin bemor isitma, bosh og'rig'i, charchoq va teri toshmasidan shikoyat qilishi mumkin. Agar davolanmasa, infektsiya bo'g'imlarga, yurak va asab tizimiga tarqalishi mumkin. Ayni paytda dunyoda

Laym kasalligiga qarshi faqat itlar uchun vaktsinalar mavjud,  va odamlar uchun bunday vaktsina hali yaratilmagan edi.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech