17:48 (05.09.2024)

621

Kumush viruslarni yo‘q qiladi

Qadimda:

Qadimgi Misr tabiblari shikastlangan teriga kumush plastinkalar qo‘yib yaralarni davolagan.

Shuningdek, qadimda suv idishlarining pastki qismiga kumush buyumlarni solib qo‘yishgan, bu bilan suvni tozalashgan va dezinfeksiya qilishgan.

Urush yillarida ham kumush suvlar   dori-darmonlar tanqis bo‘lganda, askarlarning yaralarini tozalash va davolash uchun ishlatilgan, to‘qimalarni tiklash jarayonini tezlashtirgan.

Oltinning inkor etib bo‘lmaydigan qiymatiga qaramay, qadimgi davrlarda tibbiyot kumush ancha qadrlangan. Olijanob "oq" metall sehrli deb hisoblangan: kumush taqinchoqlar asab tizimini mustahkamlashga, bosh og‘rig‘ini yengillashtirishga va stressni yengishga yordam beradi.

Kumush tanga tish og‘rig‘ini yengillashtiradi: bemor uni tish va milkining orasida ushlab turishi kerak. Kumush va uning birikmalari hali ham stomatologiyada keng qo‘llaniladi. Kumush nitrat yordamida kariyes davolanadi va tish kanallari sterilizatsiya qilinadi, hamda kumush kukuni - ildiz kanallarini to‘ldirish uchun qo‘llaniladigan ba’zi plombalarning tarkibiy qismi sanaladi.

Hozir va kelajakda

Kumush ionlari 650 dan ortiq turdagi mikroblarga ta’sir qilishi mumkin (ular orasida stafilokokklar, streptokokklar, dizenteriya va tif bakteriyasi), antibiotiklar esa faqat o‘nlab turdagi bakteriyalar bilan kurashishi mumkin. Bundan tashqari, antibiotiklar allergik reaksiyalar va oshqozon mikroflorasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Kolloid kumush turli xil kelib chiqadigan jarohatlar, teri kasalliklari, diabet, gastrit, artrit va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.

2009-yilda avj olgan A (H1N1) virusi yoki “cho‘chqa grippi”ning keng ko‘lamli epidemiyasi yapon olimlari uchun kumush nanozarrachalarning virusga qarshi faolligini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Nanokumushning ingibitiv ta’siri aniqlandi, bu o‘xshash viruslarning yangi turlarini yo‘q qilish uchun dori vositalarini takomillashtirishni boshlab berdi.

Hozirgi vaqtda olimlar kumushning viruslar ta’sirini yo‘qotishga yordam beradigan xususiyatlarini o‘rganishni davom ettirmoqda. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech