12:34 (15.08.2023)
2180
Qanday hollarda ular samarali?
Shamollashga qarshi kukunlar va suvda eruvchan tabletkalarning asosiy qismi shamollash va gripp belgilarini bartaraf qilishga qaratilgan:
• burun oqishi, aksirish va burun bitishi;
• bosh ogʼrigʼi;
• mushaklar va boʼgʼimlardagi ogʼriq;
• harorat koʼtarilishi;
• titroq.
Bunday dorilar kasallikning qoʼzgʼatuvchisi — viruslarga taʼsir qilmaydi, balki tananing kasallikga boʼlgan umumiy qarshiligini oshiradi va umumiy ahvolni yaxshilaydi. Ular viruslarga qarshi vositalarga yaxshi qoʼshimcha boʼlib xizmat qiladi.
Qachon kukunlar va eruvchan tabletkalarni qabul qilmaslik kerak?
Qarshi koʼrsatmalar dorining faol va yordamchi moddalari roʼyxatiga qarab belgilanadi. Bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga boʼlgan oʼta yuqori sezuvchanlikdan tashqari, quyidagi holatlarda shamollashga qarshi kukunlar va eruvchan tabletkalarni qoʼllash tavsiya etilmaydi:
• oshqozon-ichak traktining eroziv - yarali kasalliklari;
• qon ketish tendentsiyasi va qon ivishining buzilishi;
• jigar va buyraklarning oʼtkir hamda surunkali kasalliklari;
• spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilish;
• qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi;
• kalьtsiyning yuqori miqdori;
• homiladorlik va laktatsiya;
• yosh bolalar (yosh chegarasi turli boʼlishi mumkin) va boshqalar.
Kofeinli preparatlar tetiklantiruvchi taʼsiri tufayli yotishdan oldin qabul qilmagan maʼqul. Tomirlarni toraytiruvchi komponenti boʼlgan vositalar gipertonik va glaukoma bilan ogʼrigan bemorlar uchun toʼgʼri kelmaydi.