12:21 (07.08.2023)

1725

Smartfon - xavfli infektsiyalar tashuvchisidir

Mobil telefondagi bakteriyalar soni hojatxona o'rindig'iga qaraganda besh baravar ko'proq.

Qo'rqinchli tuyulishi mumkin, lekin bu haqiqat. Smartfon doim qo`limizda turadi, yuzimizga tekkizamiz, sumkalar va cho'ntaklarimizda olib yuramiz. Bundan tashqari, gadjet doimo namlanadi va qiziydi, bu esa zararli mikroorganizmlar ko`payishi uchun eng mos muhitdir.

O`ta “iflos” smartfonlar ovqatdan zaharlanish, yuz va qo‘llarda toshmalar, hatto xavfli ichak infektsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. 

Smartfonni nima bilan tozalash kerak?

Smartfonni vaqti-vaqti bilan mikroblardan tozalab turish lozim. Buning uchun uydagi vositalaridan eng keng tarqalgan etil va izopropil spirti, periks vodorod va natriy gipoxloritdan foydalanish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech