14:00 (09.04.2024)
1217
“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining Zoom platformasida navbatdagi hayʼat yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda kompaniya Boshqaruv raisining oʼrinbosari А. Kamilov, direktorlar, boʼlim boshliqlari, shuningdek tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishda joriy yilning 1-aprelidan boshlab dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun QQS bekor qilinganligi va shundan kelib chiqib, dori vositalariga narx belgilash tartibi haqida maʼlumotlar berildi.
Аgar korxonaning 2024 yil 1-aprel holatiga QQS imtiyozi bekor qilingan qoldiq tovarlar mavjud boʼlsa, ushbu tovarlar realizatsiya qilinganda EHF QQS bilan rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, yigʼilishda dori vositalarini markirovkalash jarayoni, kerakli uskunlarni xarid qilish ishlari, dorixona va dorixona shahobchalariga 2D skaner qurilmalarini oʼrnatish borasida olib borilayotgan ishlar ham koʼrib chiqildi.
Raqamli markirovkalash qoidalarini buzish Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddamoddasiga koʼra – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
Yigʼilish davomida kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish masalasi ham koʼrib chiqildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar, GPP standartlarining talablari, dorixonalarni mazkur standart boʼyicha qayta taʼmirlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi, kerakli tasviyalar berildi.
Yigʼilish davomida sohaga oid boshqa masalalar ham koʼrib chiqildi.