08:56 (16.08.2023)
2639
26-28 sentyabr kunlari Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʼlib oʼtadi. Mukofot laureatlari IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti doirasida taqdirlanadilar. «Global Pharmaceutical Leaders» klubi farmatsevtika sohasi yetakchilari oʼrtasida ketma-ket toʼrtinchi yil ushbu tanlovni oʼtkazmoqda.
«Eurasian Pharma Awards» nima?
Eurasian Pharma Awards — Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika sanoatining yetakchi kompaniyalari va mutaxassislarini birlashtiradigan yorqin tadbirdir. Tanlov sohaning xilma-xilligi va innovatsiyalarini aks ettiruvchi 16 yoʼnalishdagi nominatsiyalar «Yil kompaniyasi (mahalliy va xalqaro)», «Yil distribyutori», «Yilning eng yaxshi dorixonalar tarmogʼi», «Yil eksportchisi», «Yil innovatsiyasi», «Yilning raqamli loyihasi» va boshqalar boʼyicha oʼtkaziladi. Bu sizning ilgʼor tajribalar, yutuqlar va farmatsevtika rivojiga qoʼshgan hissalaringizni namoyish qilish imkoniyatidir.
Аrizalar 18 avgust kuniga qadar mukofot veb-saytida qabul qilinadi. Gʼoliblar 31 avgustga qadar Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa farmatsevtika bozorlari ekspertlaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, uch kun davomida yuzdan ortiq maʼruzachilar Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada sanoatni rivojlantirish tendentsiyalarini muhokama qiladilar.
Tanlovda qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Tanlovda qatnashish bu innovatsiyalar va yutuqlaringizni jahon hamjamiyati bilan baham koʼrish imkoniyatidir. Аrizalar 18 avgustga qadar qabul qilinadi va gʼoliblar 26 sentyabr kuni boʼlib oʼtadigan Yevrosiyo farmatsevtika sammiti tantanali marosimida eʼlon qilinadi.
Аrizalar veb-sayt orqali qabul qilinadi.
Yevrosiyo farmatsevtika sammiti haqida batafsil maʼlumot veb-saytda.