09:00 (12.11.2023)

640

Tibbiyot xodimlari kuni

 2006-yil 12-sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida" gi Qoniniga koʻra noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Tibbiyot xodimlari" kuni etib belgilangan. 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida har 10 000 aholiga 28 nafar shifokor toʻgʻri kelgan. 

Qadrli shifokorlar, hurmatli farmatsevtlar, aziz tibbiyot xodimlari! 

Kasbingiz sharafli, mehnati esa ulugʻdir! Siz kabi jonkuyar tibbiyot xodimlarining mehnati ila insonlarning hayoti asraladi, salomatligi mustahkamlanadi. 

Muhtaram Prezidentimiz "Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi boʻlsa davlatdan, bugungi siyosatdan  ham rozi boʻladi",-deb bot-bot taʼkidlamoqdalar. 

Xalqimizning roziligi yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz bardavom boʻlishini,   xonadonlaringiz tinch, dasturxonlaringiz toʻkin, mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat hamroh boʻlishini tilaymiz! 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech