09:00 (17.10.2024)

78

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hududidagi “On.” savdo do‘koni sotuvchisi B.A. giyohvand dori vositalari turkumiga kiruvchi 1 520 dona “Tawon Liar” nomli dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.S. Farg‘ona shahri markaziy dehqon bozori yonida fuqaro M.X.ga 60 dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 23 turdagi 1 199 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech